1 daqiqa
ноябр 04

1 noyabrdan 3 noyabrgacha Samarqand shahrida, madaniyat va san'at ob'ektlariga to‘siqlariz kirish va inklyuzivlik muammosiga bag‘ishlangan xalqaro yarim marafon bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar 2 km, 10 km va 21 km masofalarga yugurdilar. Marafonda qatnashganlar orasida "Orient Finans" bankining xodimlari ham faol ishtirok etdilar.Marafon doirasida bir qator tadbir tashkil etildi: kino namoyishlar, musiqiy tomoshalar, bilim orttirish maqsadida ma'ruzalar, Saviskiy muzeyi suratlarining hajmli versiyalari. Poygadan to‘plangan pul mablag‘lari ko‘zi ko‘rmaydigan insonlar uchun teatr sahnasini qo‘yishga yo‘naltiriladi. ⠀ Ushbu tadbirni tashkil etishda yordam bergan va, masofaga qaramasdan, yarim marafonda ishtirok etganlarga minnatdormiz! Birgalikda biz juda muhim va kerakli ishni bajardik!