16 oktyabrdan “Ikkilamchi bozorda avtokredit”, «Balandda» va “Bepul oy” mikroqarz bo'yicha taqdim etiladigan kredit mahsulotlari shartlariga quyidagi o'zgartirishlar kiritiladi.
"Ikkilamchi bozorda avtokredit" kredit mahsulotini taqdim etish shartlariga o'zgartirishlar:
avtomashinani shartnomadagi narxining kamida 25% miqdorida dastlabki to'lov qilinganda foiz stavkasi - 25% yillik
avtomashinani shartnomadagi narxining 40% dan ortiq miqdorda dastlabki to'lov qilinganda foiz stavkasi - 23% yillik
«Balandda» mikroqarz mahsulotini taqdim etish shartlaridagi o'zgartirishlar:
Kredit muddati - 36 oygacha
Maksimal miqdori – 50 million so'mgacha
Mikroqarz minimal miqdori – 5 million so'm
Mikroqarz bo'yicha foiz stavkasi:
- 1 yilgacha bo'lgan muddatga yiliga 28,9%
- 2 yilgacha bo'lgan muddatga yiliga 29,9%
- 3 yilgacha bo'lgan muddatga yiliga 30,9%
“Bepul oy” mikroqarz mahsulotini taqdim etish shartlaridagi o'zgartirishlar:
Maksimal miqdori – 30 million so'mgacha
Eng kam miqdori – 5 million so'm