29 mart kuni «Orient Finans» bank xodimlari uchun Konstitutsiyaviy komissiya va Senat a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.
Ma’ruzachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Yigʻilishining korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi – Shirinov Jahongir Jabborovich so‘zga chiqdi.