Aholi tomonidan ovoz berish natijalariga ko'ra "Orient Finans" bank 2 nominatsiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!
Telegram tarmog'ida taniqli bo‘lgan bankers.uz kanali O‘zbekistondagi banklarining faoliyati bilan bog‘liq so‘rovlarni o‘tkazdi. ⠀ "2019 yilning eng yaxshi xususiy banki" nominatsiyasida birinchi o‘rinni "Orient Finans" bank egallaganini xursandchilik bilan Sizga ma'lum qilamiz! Biz uchun so‘rov ishtirokchilarining 38 432 nafari — 33% ovoz berdi. ⠀ Shu bilan birga, bankimizning Boshqaruv Raisi Bobir Parpiyev «2019 yilning bank-moliya sohasidagi eng yaxshi yosh rahbari» nominatsiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! :clap: G'olibga 47 630 nafar ishtirokchi o‘z ovozini berdi. ⠀ Tanlovingiz va ishonchingiz uchun barchangizga o‘z minnatdorchiligimizmi bildiramiz! Bank servisini yaxshilash va xizmatlarimizning sifatini yanada oshirish yo'lida chin dildan mehnat qilishda davom etamiz!