Aytishlaricha: Yangi yil — yaxshilik, orzu bayrami, Unda hamma ezgu tilak bildirar Yaxshi niyat, istak, orzular jami Barchasi doimo amalga oshar.
Qo‘rqinchli tashxisga duch kelgan barcha bolalarning eng katta orzusi amalga oshishini — ular sog‘ayib ketishi va baxtli bolalikdan quvonib, tengdoshlari bilan beg‘am yugurib yurishini judayam xohlaymiz. ⠀2021 yilning 27 dekabr kuni, O‘zbekiston Onkologlar uyushmasining tashabbusi bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga (RIORIATM) bankimiz ham haqiqiy yangi yil sovg‘asini taqdim qildi.⠀ Xayrli an’anaga ko‘ra, Qorbobo o‘zining sodiq yordamchisi Qorqiz bilan birga davolanayotgan bolajonlardan xabar olib, tabrikladilar. ⠀ Shuningdek, bolalarni ko‘rish uchun poytaxtimizning «Lokomotiv» futbol klubining jamoasi to‘liq tarkibda davolash muassasasiga tashrif buyurdi. ⠀ Bolalarning sovg‘alardan, o‘zlari muxlis bo‘lgan sevimli qahramonlari bilan ko‘rishish va muloqot qilish imkoniyatidan, hamda Qorbobo bilan Qorqiz markazdagi har bir bolaga e’tibor berganidan boshi ko‘kka yetdi. ⠀ Eng muhimi — bolalarga bayram sovg‘alariga, quvonchga va mo’jizaga ishonchga ega bo‘ldilar. Biz ham mo’jiza ro‘y berishidan juda umidvormiz.