1 daqiqa
июл 14

Gender tengligi haqida ochiq muloqot: Bankimizdagi muhim uchrashuv!

2025 yil 11-iyul kuni Bank Bosh ofisida "Gender tengligi" dolzarb mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.Tadbirda xalqaro huquqshunos, advokat va mediator Dilfuza Kurolova ishtirok etdi.Gender tengsizligining muhim huquqiy va ijtimoiy jihatlari muhokama qilindi, shuningdek, zamonaviy muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari ko'rib chiqildi.Uchrashuv jonli va interfaol tarzda o'tdi, tinglovchilarning katta qiziqishiga sabab bo'ldi hamda ochiq muloqot va fikr almashish uchun platforma bo'ldi.