Ish kuni emas, dam olish kuni!
Yo‘q-yo‘q, biz adashmadik. Haqiqatan ham, 31 dekabr hamda 1, 2, 3 va 4 yanvar ish kunlari emas. Biz ham ushbu kunlarda ishlamaymiz. Yil yakunidagi ish jadvalimizni esa quyidagicha tashkil etamiz:Filiallarimiz va bank xizmatlari ofislarimiz orqali pul o‘tkazmalarini 29 dekabrgacha (shu kuni ham) yuborishingiz va qabul qilib olishingiz mumkin, 30 dekabrdan 5 yanvarga qadar xalqaro pul o’tkazmalari operatsiyalari amalga oshirilmaydi;Valyuta ayirbolash shahobchalari 28, 29 dekabr kunlari va 30 dekabr kuni 15:00 gacha ishlaydi, 31 dekabrdan 5 yanvarga qadar valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilmaydi;Yangi yilning 5 yanvaridan esa bankimiz eshiklari Siz uchun yana ochiq bo‘ladi.Eslatib o‘tamiz!OFB mobil ilovamizda siz 24/7 rejimda «Contact» tizimi orqali Rossiya kartalariga pul o‘tkazmasini yuborishingiz va «Zolotaya korona» tizimi orqali pul o‘tkazmasini qabul qilishingiz, kommunal xizmatlar, Internet, telefon aloqasi va boshqa ko‘plab xizmatlar uchun to‘lov qilishingiz, konversion operatsiyalarini amalga oshirishingiz mumkin.Kirib kelayotgan bayramingiz muborak bo‘lsin!