Komission mukofot tariflariga o‘zgartirishlar
Hurmatli mijozlar!Sizlarga ma’lum qilamizki, 2025-yil 25-avgustdan boshlab milliy va xorijiy valutalarda operatsiyalar bo‘yicha «Komission mukofot tariflari»ning №113.1 va №51(7.5)-bandlariga o‘zgartirishlar kuchga kiradi.Yangi tariflar:51(7.5) Plastik karta hisobini SWIFT orqali kelib tushgan chet el valyutasidagi pul mablag‘lari bilan naqd pulsiz to‘ldirish:50 AQSh dollari ekvivalentidan ortiq summa — 70 000 so‘m, QQS bilan;10 AQSh dollari ekvivalentidan ortiq va 50 AQSh dollari ekvivalentidan oshmaydigan summa — 20 000 so‘m, QQS bilan;10 AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lgan summa — bepul.113.1 Mijozning omonat hisobiga SWIFT orqali kelib tushgan chet el valyutasidagi pul mablag‘larini o‘tkazish:50 AQSh dollari ekvivalentidan ortiq summa — 70 000 so‘m, QQS bilan;10 AQSh dollari ekvivalentidan ortiq va 50 AQSh dollari ekvivalentidan oshmaydigan summa — 20 000 so‘m, QQS bilan;10 AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lgan summa — bepul.