Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida hamkorlikning yangi imkoniyatlari.
Chakana xizmat ko'rsatishni kengaytirish va rivojlantirish, pul o‘tkazmalarining turlarini ko‘paytirish va ularni O‘zbekiston bozorida raqobatbardoshligini oshirish hamda mijozlar uchun tanlov imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, bankimiz «Aziya-Invest Bank» AJ (Rossiya) bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda. ⠀ Xususan, bankimiz mijozlariga "Aziya-Invest Bank"ning «Aziya Ekspress» tizimi orqali pul o‘tkazmalarini tez va oson amalga oshirish imkoniyatini yo'lga qo'ydi. ⠀ Bankimiz filiallari va bank xizmatlari ofislariga tashrif buyuring hamda "Aziya Ekspress" pul o'tkazmalari tizimi xizmatlaridan foydalaning.