Moliyaviy savodxonlik – har bir inson uchun muhim ko‘nikma
Bolalar pul bilan muloqot qilishga deyarli o‘rgatilmaydigan olamda, moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ochiq darslar – farzandingiz xavfsizligi va qulay hayotining asoslaridan biridir. ⠀ Shuni e’tiborga olgan holda, «Orient Finans» bank muntazam ravishda «Pul nima, pullarni jamg‘arish, oilaviy byudjet, daromad va harajatlar» mavzusida interaktiv mashg‘ulotlarni o‘tkazib kelmoqda. ⠀ Kuni-kecha, xodimlarimiz ana shunday ochiq darsni Chilonzor tumanidagi 163-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazdilar. ⠀ Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar byudjetni tuzish, pul mablag‘larini to‘g‘ri sarflashni o‘rgandilar, asosiysi esa – pullar hayotimizning har kuniga, odatlarimiz va maqsadlarimizga qanday ta’sir ko‘rsatishini ko‘rgazmali holda tushunib oldilar. ⠀ Umid qilamizki, bu bilimlar ularga foyda keltirib, katta hayotda yordam beradi.