1 daqiqa
октябр 06

Moliyaviy savodxonlik – muvaffaqqiyatli kelajak garovi!

«Orient Finans» banki, yetishib borayotgan avlodni moliyaviy savodxonlikka o‘qitishning ahamiyatidan kelib chiqqan holda, masalaga jiddiy yondoshib, moliya mavzusida ochiq darslar o‘tkazmoqda. ⠀ Shu maqsadda, xodimlarimiz Mirobod tumanida joylashgan 158-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi «Pul nima, pul to‘plash, oilaviy byudjet, daromadlar va harajatlar» mavzusidagi interaktiv mashg‘ulotni o‘tkazdilar. ⠀ Bunday tadbirlar o‘quvchilarning maksimal ishtiroki bilan o'tkazilib, ular moliyaviy mablag'larni to'g'ri boshqarish bo'yicha bilimga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi, bu esa ularning hayotida juda foydali bo'ladi.