1 daqiqa
июн 14

Muhim hujjatlar, pul mablag‘lari yoki qimmatbaho ziynatlarni saqlash uchun xavfsiz joy izlamoqdamisiz? Bunday hollarda bank yacheykalardan xavfsizroq joy bo‘lmasa kerak.

«Orient Finans» bank 9 xil o‘lchamdagi yacheykalarni ijaraga beradi. Ijara haqi oyiga 15 000 so‘mdan 200 000 so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil qiladi.Bizning bankimizdagi yacheykalar — sizning buyumlaringizning maksimal himoyasi va xavfsizligi demak. Qimmatbaho buyumlaringizni ta'til vaqtida, uzoq sayohatlar davrida yoki doimiy ravishda yacheykalarda qoldiring hamda ularning xavfsizligi haqida qayg‘urmang.