O'zbekiston Turizm va sport vazirligi tomonidan Orient Finans Bank "2021 yilning eng saxiy sport homiysi" mukofotiga sazovor bo'ldi.
O'zbekistonda sport sohasini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun bankimiz mazkur mukofotga loyiq topildi. Orient Finans Bank sportni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishda yetakchilardan biri hisoblanadi.