1 daqiqa
феврал 07

«Orient Finans» bank rahbariyati yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Orient Finans» bankda 3 fevral kuni o'tkazilgan tadbirda Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi Raisining o‘rinbosari Omonov Farruh Farhodjonovich ishtirok etdi va ma'ruza qildi. ⠀ Uchrashuv ochiq muloqot formatida bo‘lib o‘tdi. «Orient Finans» bank yoshlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va istiqbolli kadrlarni qo'llab-quvvatlashga katta e'tibor qaratadi. Bugungi kunda bankning tarkibiy tuzilmalarida mehnat qilayotgan jami xodimlarning 50% ni, yani 422 nafarini yosh xodimlar tashkil qiladi. Bank faol ravishda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda.