1 daqiqa
апрел 05

Orient Finans Bankning korporativ mijozlar uchun onlayn-banking xizmati

Ishbilarmon insonlar doim safarlarda bo'lganliklari sababli bank tizimlarining mobilligi juda zarur jihat sanaladi. Orient Finans Bankning korporativ mijozlar uchun onlayn-banking xizmati istalgan joyda ishlaydi. Quyidagi xizmatlardan foydalanish uchun internetga kirsangiz bas:

  • to'lov varaqalarining yuborilishi;

  • ko'chirmalar olish;

  • real vaqt rejimida o'tkazmalarning holatini monitoring qilish;

  • xatoliklar haqida bildirishnomalar olish;

  • barcha hisoblaringiz bitta darchada,

  • hisoblar tarixi;

  • to'lovlar o'tkazish imkoniyati.

Onlayn-banking yordamida sanoqli daqiqalarda barcha zaruriy amaliyotlarni bajarish mumkin: ebank.ofb.uz/cib/index_09057.jspSSL xavfsizlik protokolidan foydalaning.