2 daqiqa
январ 30

Ҳурматли мижозлар!

«Orient Finans» XATB mijozlar bilan ochiq muloqot va sifatli xizmat ko‘rsatishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi. Har bir mijoz murojaati Bank uchun muhim bo‘lib, biz mijozlar bilan uzoq muddatli va ishonchli munosabatlarni rivojlantirishga intilamiz. Bank ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy platformalarda bildirilayotgan fikr-mulohazalarni doimiy monitoring qilib boradi. Jumladan, Telegram’dagi “beshtiyin” kanalida e’lon qilingan holat ham Bank tomonidan e’tibor bilan o‘rganilib, tegishli ichki tahlil o‘tkazildi. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida Bankning Masofadan xizmat ko‘rsatish boshqarmasi (Kontakt-markaz) tunu kun, dam olish kunlarisiz 24/7 rejimida faoliyat yuritadi. Kontakt-markaz orqali mijozlar: •bankning yagona telefon raqamlari 4004 va (998)71 200-88-99 orqali axborot va maslahat olishlari; •Telegram orqali (998)94 655-88-99 yoki @OfbSupport orqali onlayn tarzda 24/7 texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatidan foydalanishlari mumkin. •Ishonch telefon raqami (998)71 205-55-54 (Dushanbadan-Jumagacha, 9:00dan 18:00gacha) «Orient Finans» XATB mijozlar fikrini xizmatlarni yaxshilash uchun muhim omil deb biladi. Har bir taklif va mulohaza bank xizmatlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Hozirda kontakt-markaz faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda, jumladan: •operatorlar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish; •xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini oshirish; •raqamli xizmat kanallarini kengaytirish; •zamonaviy texnologiyalar orqali kutish vaqtini kamaytirish; •xizmat sifati ustidan doimiy monitoring olib borish. Biz mijoz bankka murojaat qilganda masalasiga tez va qulay yechim olishini eng muhim maqsad deb bilamiz. «Orient Finans» XATB ochiqlik va mijozga yo‘naltirilganlik tamoyillariga amal qiladi hamda xizmat sifatini doimiy ravishda rivojlantirib boradi. Har bir mijoz biz uchun qadrlidir. Har bir murojaat esa xizmatlarimizni yanada yaxshilash imkoniyatidir.