1 daqiqa
декабр 25

Xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha tariflardagi o‘zgarishlar

2025-yil 11-dekabrdan boshlab korrespondent bank Raiffeisen Bank International tomonidan Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi banklariga yo‘naltiriladigan xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha qo‘shimcha komissiyalar joriy etildi.Shu munosabat bilan Bank tariflariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:MT103 tijorat to‘lovlari (OUR) bo‘yicha — 200 yevro miqdorida komissiya undiriladi;MT103 (BEN/SHA) bo‘yicha — 200 yevro miqdoridagi komissiya o‘tkazma summasidan ushlab qolinadi;MT200 va MT202 turdagi o‘tkazmalar bo‘yicha — har bir o‘tkazma uchun 200 yevro komissiya undiriladi.Shuningdek, quyidagi tariflar belgilanadi:AQSh dollari va yevroda Raiffeisen Bank International orqali Rossiya va Belarus banklariga OUR sharti bilan amalga oshiriladigan o‘tkazmalar bo‘yicha — xorijiy bank komissiyasi 200 yevro (operatsiya kunidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha);O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki orqali xorijga amalga oshiriladigan OUR shartidagi o‘tkazmalar uchun — 1 000 000 so‘m + QQS;Qirg‘iziston Respublikasi banklariga OUR sharti bilan amalga oshiriladigan o‘tkazmalar uchun — 600 000 so‘m + QQS.Mazkur o‘zgarishlar xalqaro pul o‘tkazmalarini samarali amalga oshirish va komissiya xarajatlarini optimallashtirishga qaratilgan.