Yangi yil yorqin voqealar bilan boshlandi! 9-yanvar kuni «Orient Finans» bank bosh homiyligi ostida qorda o‘tkazilgan ot ustidagi Polo sport turi bo‘yicha «Snow Polo Amirsoy Cup 2022» musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa keng ko‘lamli bo‘lib, ko‘plab ishtirokchi va tomoshabinlarni jamladi. Biz ham chetda turmadik, yenglarni shimarib musobaqada baralla qatnashdik. Natijada «Orient Finans» bank jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Biz uchun ushbu jarayonda ishtirok etish va yangi sport turini rivojlantirishga hissa qo‘shishdan mamnunmiz! Musobaqadan lavhalar bilan rasmlarda tanishishingiz mumkin.