Ta’lim uchun

Ta’lim uchun

Ta’lim maqsadlari uchun iste’mol krediti.
250 mln so‘mgacha
Miqdor
48 oygacha
Muddat
25 % dan
Foiz stavkas
Kelajagingiz uchun

Bilim sari yo‘lda ishonchli qo‘llab-quvvatlash

Har qanday ta’lim maqsadlari uchun

Oliy o‘quv yurtlari, xususiy maktablar va bolalar bog‘chalari, shuningdek malaka oshirish, til kurslari va yangi hunarlarni o‘rganish uchun 250 mln so‘mgacha mablag‘ oling.

Qulay foiz stavkasi

Ta’lim qiymatining kamida 50% ini o‘z mablag‘laringiz hisobidan to‘laganingizda foiz stavkasi yillik 25% dan boshlanadi.

Shaffof shartlar

Kredit muddati — 48 oygacha, to‘lovlar — oylik, murakkab shartlarsiz qulay jadvalni tanlash imkoniyati bilan.

Kreditni hisoblash

сум
сум

Hisoblash natijalari

Stavka
Boshlang'ich to'lov
Oylik to'lov
Kredit summasi

* Dastlabki hisob-kitob axborot xususiyatiga ega bo‘lib, ommaviy oferta hisoblanmaydi. Kredit berishning yakuniy shartlari, shu jumladan foiz stavkasi Bank tomonidan ariza ko‘rib chiqilgandan keyin yakka tartibda belgilanadi.

Oy To'lov Foizlar Asosiy qarz Qoldiq
Jami

Ta’lim uchun iste’mol krediti bo‘yicha qanday ariza topshirish mumkin

01

Aloqa ma’lumotlarini qoldiring

Ismingizni, telefon raqamingizni ko‘rsating va qulay filialni tanlang — bu bir daqiqadan ortiq vaqt olmaydi.

02

Maslahat oling

Bank xodimi siz bilan bog‘lanadi, savollarga javob beradi va mos shartlarni taklif qiladi.

03

Filialda mikroqarzni rasmiylashtiring

Tanlangan filialga tashrif buyuring, shartnomani imzolang va mikroqarzni oling.

Onlayn ariza

Новая секция

Kredit turi

Iste’mol krediti.

Maqsad

Ta’lim muassasalarida o‘qish, shuningdek malaka oshirish, til kurslari va boshqa ta’lim dasturlari uchun to‘lov.

Qarz oluvchi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.

Kredit summasi

250 000 000 so‘mgacha.

Kredit muddati

48 oygacha.

Foiz stavkasi

ta’lim qiymatining kamida 50% ini o‘z mablag‘lari hisobidan to‘laganda yillik 25%; 50% dan kam to‘langanda yillik 27%.

Kredit valyutasi

Milliy valyuta — so‘m.

Ajratish tartibi

Shartnoma shartlariga muvofiq mablag‘larni ta’lim muassasasining hisob raqamiga yoki qarz oluvchining hisobiga o‘tkazish.

Kredit va foizlarni to‘lash

Oylik.

To‘lov jadvali turi

Annuitet yoki differensial.

Ta’minot

Jismoniy shaxslar kafilligi, kreditni qaytarmaslik xavfiga qarshi sug‘urta polisi yoki bank talablariga muvofiq boshqa ta’minot.

Ta’minot miqdori

Kredit summasining kamida 125% (bank bilan bog‘liq shaxslar uchun — kamida 130%).

Qarz yuklamasi

Ruxsat etilgan daraja — qarz oluvchining umumiy oylik majburiyatlarining 50% dan oshmasligi kerak.

Pasport yoki identifikatsion ID-karta

Ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt)

pdf-file-icon
Ta’lim uchun

pdf 111.82 KB