Hurmatli “Orient Finance Bank” mijozlari, firibgarlar qo`liga tushib aldanib qolmasligingiz uchun quyidagi vaziyatlardan qochishni va judayam ehtiyot bo`lishingizni tavsiya etamiz.
1. Bank xavfsizlik hodimlari mijozlarga qo`ngiroq qilib shaxsiy plastik karta ma`lumotlarni va SMS xabar orqali yuborilgan bir martalik parollarni so`ramaydi. 2. Noma`lum havolalarga bosib o`tmang! Agar Sizga no`malum havolani bosib o`tishingiz va shaxsiy plastik karta ma`lumotlarni ya`ni plastik kartaning 16-belgidan iborat raqamlarni, mahfiy parollarni (PIN-kod), CVC/CVV shaxsiy identifikator raqamlarni taqdim etishni so`rashganda, o`ylab ko`ring, ushbu inson firibgar bo`lishi mumkin. Havolada ishlatilgan sohta domenlarga ahamiyat bering. 3. SMS orqali kelgan bir martalik mahfiy parollarni xech kimga bermang. Ushbu parollarni faqat firibgarlar so`raydi. 4. Sizga qo`ngiroq qilib biz bank havfsizlik departamenti, to`lov tizimi va boshqa ilovalar xodimlari deb tanishtirib Sizning shaxsiy va plastik karta ma`lumotlaringizni faqat firibgarlar so`raydi. 5. Bank hodimlari hech qachon shaxsiy telefon raqamlardan qong`iroq qilishmaydi. 6. Qo`ngiroq qilinayotgan raqamga ahamiyat berishingizni so`raymiz. 7. Agarda Sizga firibgarlar duch kelgan bo`lsa, darhol “Orient Finance Bank”ning 71 200 88 99 aloqa markaziga qong`iroq qiling va Sizning plastik kartangizni bloklashlarini so`rang. 8. Plastik kartadan o`g`rilik sodir etilgan taqdirda, plastik karta ochilgan filialga tashrif buyurib, o`tkazilgan tranzaksiya, to`g`risida tasdiqlangan memorial hujjatni olishni va huquqni muxofaza qilish o`rganlarga murojat qilishingizni maslahat beramiz.