Plastik kartangizni yo'qotib qo'ysangiz nima qilishni bilasizmi? Agar bilmasangiz, unda ushbu muhim ma'lumotlarni eslab qoling!
Aksariyat insonlar plastik kartalarini yo'qotgan vaqtda vahimaga tushishadi. Lekin tashvishlanishning hojati yo'q. ⠀ Birinchi o'rinda kartani bloklash lozim va buni onlayn tarzda — "Orient Finans" bankning OFB24 ilovasi, Telegramdagi @Card_ofb_bot kanali orqali yoki 71 200-88-99 raqamli call-markazga qo'ng'iroq qilish yo'li bilan amalga oshirish mumkin. So'ng, veb-saytimizda onlayn-ariza qoldirib, filiallarimizdan birida yangi plastik karta ochtiring. ⠀ Plastik kartaning parolini unutgan bo'lsangiz, kartani qayta chiqarish uchun bank filiallariga murojaat qilish kerak bo'ladi. Mablag'lar xavfsizligini ta'minlash va mijozlar haqidagi ma'lumotlarni himoya qilish maqsadida, parol qayta tiklanmaydi va yangilanmaydi. ⠀ Bizning qo'llanmani saqlab qo'ying va tavsiyalarimizga amal qiling — shunda plastik kartadagi mablag'laringiz but holda saqlanib turadi.