Bashkent

Bashkent

STROY PREMIUM HOUSE dan Toshkentdagi yangi uy-joy majmualaridagi xonadonlar uchun ipoteka.
1 mlrd so‘mgacha
Summasi
20 yilgacha
Muddati
20 % dan
Foiz stavkasi
Dastur xususiyatlari

Uy sotib olish uchun barcha shartlar

Kredit summasi

1 mlrd so‘mgacha, jumladan:

— 420 mln so‘mgacha — Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan keyinchalik qayta moliyalashtirish bilan;— 580 mln so‘mgacha bo‘lgan summa — bank mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Kredit muddati

Ipoteka summasiga bog‘liq:

— 420 mln so‘mgacha bo‘lsa — 240 oygacha;

— 420 mln so‘mdan yuqori bo‘lsa — 120 oygacha.

Foiz stavkasi

— yiliga 20%, shundan 18% mijoz tomonidan to‘lanadi, 2% esa quruvchi tomonidan qoplanadi;

— kredit summasi 420 mln so‘mdan yuqori bo‘lsa — yiliga 24%.

Kredit qiymatini hisoblang

сум

Hisoblash natijalari

Stavka
Boshlang'ich to'lov
Oylik to'lov
Kredit summasi
TKK (PSk) %

* Dastlabki hisob-kitob axborot xususiyatiga ega bo‘lib, ommaviy oferta hisoblanmaydi. Kredit berishning yakuniy shartlari, shu jumladan foiz stavkasi Bank tomonidan ariza ko‘rib chiqilgandan keyin yakka tartibda belgilanadi.

Oy To'lov Foizlar Asosiy qarz Qoldiq
Jami

Ipoteka uchun qanday ariza topshirish mumkin

01

Saytda arizani to‘ldiring

Kredit parametrlari va asosiy ma’lumotlarni kiriting — bu bir necha daqiqa vaqt oladi.

02

Bank qarorini kuting

Bank arizani ko‘rib chiqadi va qaror hamda shartlar bilan SMS yuboradi.

03

Rasmiylashtirishni yakunlang

Shartnomani imzolang va tanlangan xonadon uchun ipotekani rasmiylashtiring.

Formani to‘ldiring va javob oling

Новая секция

Новая секция

Nima uchun Bashkent ipotekasini tanlashadi

Yangi uyda xonadon sotib olish uchun qulay shartlar

01

Foiz yuklamasini kamaytirish

Qurilish bosqichida foiz stavkasining bir qismi (2%) quruvchi tomonidan qoplanadi, bu esa ipotekani xaridor uchun yanada foydaliroq qiladi.

02

Qayta moliyalashtirish

Uy foydalanishga topshirilgandan so‘ng kreditning bir qismi Iqtisodiyot va moliya vazirligi resurslari hisobidan shartnoma shartlarini o‘zgartirmagan holda qayta moliyalashtiriladi.

03

Bank nazorati

Kredit hamkor quruvchidan xonadon sotib olish uchun beriladi va obyektni topshirish muddati belgilangan — 18 oygacha.

Kredit maqsadi

STROY PREMIUM HOUSE quruvchisidan ulushli qurilish doirasida xonadon sotib olish.

Kredit obyekti

Birlamchi bozordagi ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar bo‘lib, qurilish 18 oy ichida yakunlanadi.

Qarz oluvchi / hamqarz oluvchi

Ariza topshirilgan sana holatiga ko‘ra 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. Doimiy ish joyi va barqaror daromadga ega shaxslar.

Daromad talablari

Kamida 6 oy davomida uzluksiz tasdiqlangan daromad mavjudligi.

Qarz yuklamasi

Barcha kreditlar bo‘yicha oylik to‘lovlarning umumiy summasi daromadning 50%idan oshmasligi kerak.

Kredit summasi

1 000 000 000 so‘mgacha. Kredit summasi keyinchalik qayta moliyalashtiriladigan qism va bank mablag‘lari hisobidan beriladigan qismni o‘z ichiga olishi mumkin.

Boshlang‘ich badal

— xonadon qiymatining 15%idan;

— kredit summasi 420 mln so‘mdan oshsa — 25%idan.

Muddati

— kredit summasi 420 mln so‘mgacha bo‘lsa — 240 oygacha;

— 420 mln so‘mdan yuqori bo‘lsa — 120 oygacha.

Imtiyozli davr

Asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha 6 oygacha.

Foiz stavkasi

— qurilish bosqichida yiliga 20%, shundan 2% quruvchi tomonidan qoplanadi;

— kredit summasining 420 mln so‘mdan oshgan qismi bo‘yicha yiliga 24%.

To‘lov

Oylik

Jadval

Mijoz tanloviga ko‘ra annuitet yoki differensial.

Ta’minot

Sotib olinadigan xonadon. Mulk huquqi ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar — quruvchi kafilligi va bank talablariga muvofiq boshqa ta’minot.

Pasport yoki ID-karta;

Ulushli qurilish shartnomasi;

Daromadni tasdiqlovchi hujjatlar;

Bank talablariga muvofiq boshqa hujjatlar.

pdf-file-icon
Bashkent

pdf 195.96 KB