Ichki faktoring

Faktoring turi

·       Regress huquqi bilan/huquqisiz ochiq/yopiq faktoring

Maqsad

·       To‘lovni kechiktirish sharti bilan yetkazib berilgan tovarlar va xizmatlar uchun debitorlik qarzlarini sotib olish uchun

Faktoring bo‘yicha valyuta turi

·       milliy valyuta - "so‘m"

Maksimal faktoring summasi

·       qarz oluvchining moliyaviy holatidan kelib chiqib, debitorlik qarzi summasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;

Maksimal faktoring muddati

·       90 kalendar kungacha

Faktoring bo‘yicha chegirma miqdori

·         30 kalendar kungacha bo‘lgan muddatga faktoring summasining 2,5 foizidan;

·         60 kalendar kungacha bo‘lgan muddatga faktoring summasining 5,0 foizidan;

·         90 kalendar kungacha bo‘lgan muddatga faktoring summasining 7,5 foizidan.

Faktoring olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

·         Yetkazib beruvchidan faktoringni amalga oshirish uchun ariza;

·         Debitorning yuridik hujjatlari;

·         Debitorning moliyaviy hujjatlari (buxgalteriya balansi No1,2-shakl);

·         Yetkazib berish shartnomasi va yetkazib berilgan tovarlar va xizmatlar uchun faktura hisobvaraqlari;

*bank bitimning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa hujjatlarni ham talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi

Debitorga asosiy shartlar

·         ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab kamida 6 oy davomida o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;

·         yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lish;

·         so‘nggi 3 oydagi pul tushumlarining o‘rtacha oylik hajmi faktoring summasidan kamida 1,5 baravar ko‘p bo‘lishi kerak;

·         "Orient Finans"da xizmat ko‘rsatilishi;

·         Zararsiz ishlash va nolikvid balansga ega bo‘lmaslik;

·         Joriy muddati o‘tgan qarzdorlikning yo‘qligi;

·         2-kartotekaning yo‘qligi

Xalqaro faktoring

Faktoring turi

·       Regress huquqi bilan/huquqisiz ochiq/yopiq faktoring

Faktoring bo‘yicha valyuta turi

·       valyuta - "AQSH dollari," "Yevro," "Rossiya rubli"

Maksimal faktoring summasi

·       qarz oluvchining moliyaviy holatidan kelib chiqib, debitorlik qarzi summasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;

Maksimal faktoring muddati

·       90 kalendar kungacha

Faktoring bo‘yicha chegirma miqdori

·         30 kalendar kungacha bo‘lgan muddatga faktoring summasining 1,0 foizidan;

·         60 kalendar kungacha bo‘lgan muddatga faktoring summasining 3,0 foizidan;

·         90 kalendar kungacha bo‘lgan muddatga faktoring summasining 4,5 foizidan.

Faktoring olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

·         Yetkazib beruvchidan faktoringni amalga oshirish uchun ariza;

·         Debitorning yuridik hujjatlari;

·         Debitorning moliyaviy hujjatlari (buxgalteriya balansi No1,2-shakl);

·         Yetkazib berilgan tovarlar va xizmatlar uchun eksport shartnomalari va Bojxona yuk deklaratsiyasi;

 

*bank bitimning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa hujjatlarni ham talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Debitorga asosiy shartlar

·         ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab kamida 6 oy davomida o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;

·         Yaxshi kredit tarixi;

·         so‘nggi 3 oydagi pul tushumlarining o‘rtacha oylik hajmi faktoring summasidan kamida 1,5 baravar ko‘p bo‘lishi kerak;

·         "Orient Finans" da xizmat ko‘rsatish;

·         Zararsiz ishlash va nolikvid balansga ega bo‘lmaslik;

·         Joriy muddati o‘tgan qarzdorlikning yo‘qligi;

·         2-kartotekaning yo‘qligi